«bojlar» tegli maqolalar


Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizli bojlar joriy etmoqchi
10 fevral 2025, 16:58

Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizli bojlar joriy etmoqchi

Donald Tramp AQShga po‘lat va alyuminiyning barcha importiga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Investorlarning Tramp siyosatining oqibatlaridan xavotirlari va xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talab fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi.

“Sham ishlab chiqaruvchilarimizga xalal berayotgan Quyoshni to‘saylik”
7 fevral 2025, 20:17

“Sham ishlab chiqaruvchilarimizga xalal berayotgan Quyoshni to‘saylik”

Ikki asr avval fransuz iqtisodchisi Frederik Bastia mamlakat deputatlariga mahalliy sham ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Quyoshni to‘sishni taklif qilgandi. Bu kinoyali taklif ilgari surilganidan beri shuncha vaqt o‘tdi, ammo bu erkin savdo xalqni boyroq qilishini barcha tushunishi uchun yetarli bo‘lmadi.

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi
4 fevral 2025, 11:55

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. Bir kun avval Meksika ham bojlarni kechiktirishga kelishib olgandi.

AQSh Meksika tovarlari importiga nisbatan boj joriy etishni bir oyga kechiktirdi
3 fevral 2025, 22:37

AQSh Meksika tovarlari importiga nisbatan boj joriy etishni bir oyga kechiktirdi

Donald Tramp Meksika “noqonuniy giyohvand moddalar, xususan, fentanil oqimini to‘xtatish uchun 10 ming nafar Milliy gvardiya a’zosi bilan shimoliy chegarasini mustahkamlashga rozi bo‘lganidan keyin” Meksikaga yangi tarif joriy etishni bir oyga to‘xtatdi.

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi
3 fevral 2025, 16:12

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi

Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan keluvchi tovarlarga keng miqyosli bojlar joriy etdi. Ottava va Mexiko allaqachon javob choralarini e’lon qildi, Xitoy JSTga shikoyat qilishga va’da berdi. YeI mahsulotlari ham bojga tortilishi mumkin. Yangi savdo urushi haqida nimalar ma’lum — “Gazeta.uz” materialida.

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda
1 fevral 2025, 11:51

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-fevral kuni Meksika va Kanadadan import qilinayotgan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoynikiga esa 10 foizli yangi tariflar joriy etish to‘g‘risida buyruq imzolashi kutilmoqda. Kanada va Meksika bunga qarshi javob choralarini ishlab chiqqan, deb yozadi OAV.

“Asosiy maqsad — bozorni himoya qilish”. Farmagentlik — bir qator dorilarga boj joriy etilishi haqida
29 yanvar 2025, 18:16

“Asosiy maqsad — bozorni himoya qilish”. Farmagentlik — bir qator dorilarga boj joriy etilishi haqida

Import dori vositalariga (antibiotiklar, virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar) 2 foizli boj joriy etilishi O‘zbekiston bozorini himoya qilish bilan bog‘liq, deya izoh berdi Farmatsevtika agentligi “Gazeta.uz”ga. Agentlik boshqa davlatlarda ham dorilar importiga bojlar joriy qilinganini ta’kidladi.

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga katta miqdorda boj solmoqchi. Tafsilotlar
26 noyabr 2024, 13:02

Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga katta miqdorda boj solmoqchi. Tafsilotlar

Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan Meksika, Kanada (25%) va Xitoydan (10%) kelayotgan tovarlar uchun tariflarni oshirishni va’da qildi. Tramp buni noqonuniy immigrantlar, “jinoyat va giyohvand moddalar” uchun qasos bo‘lishini ta’kidladi. Ammo buning oqibati AQSh iqtisodiyoti uchun salbiy bo‘lishi mumkin.

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi
2 avgust 2024, 18:14

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi

Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov elektromobillar importiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash malakali kadrlar shakllanishini ta’minlaydi. Iqtisodchilar esa boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev
5 fevral 2024, 14:37

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahri sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev har qanday import cheklovi qo‘yilishiga qarshiligi, bunday choralar uning korxonalariga zarar ekanini ta’kidladi. “Biz to‘layotgan soliqlar ham, import uchun soliqlar ham „nol“ bo‘lsa, biz yutar ekanmiz, ko‘proq foyda topar ekanmiz”, — dedi u.

Yangi Toshkent investorlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi importida bojdan ozod etiladi
24 iyul 2023, 12:51

Yangi Toshkent investorlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi importida bojdan ozod etiladi

Yangi Toshkent investorlari, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari hamda direksiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod etiladi.

JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimi ma’muriy jihatdan foydasiz — Berlin Economics maslahatchisi
21 iyun 2023, 12:50

JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimi ma’muriy jihatdan foydasiz — Berlin Economics maslahatchisi

Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.

«Sekin-sekin bojxona to‘lovlari nol bo‘lishi kerak». Shavkat Mirziyoyev — «inomarka”lar importi bo‘yicha
20 fevral 2022, 11:44

«Sekin-sekin bojxona to‘lovlari nol bo‘lishi kerak». Shavkat Mirziyoyev — «inomarka"lar importi bo‘yicha

Prezident avtomashinalar importiga bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich «nol bo‘lishi» kerakligini aytdi. Shavkat Mirziyoyev xaridorlar oldindan to‘lov amalga oshirilganiga qaramay, mashina uchun bir yil kutishga majbur bo‘lishini adolatsizlik deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting