Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.
Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna ko‘knori olib o‘tilayotgani aniqlandi. Ular hujjatda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida bo‘lgan. Bitta holatda shuncha giyohvandlik vositasining aniqlanishi bojxona tizimining 30 yillik tarixida ilk bor qayd etildi, deyiladi xabarda.
2024-yildan O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uchun AQSh Davlat departamentining Antiterrorism Assistance dasturi doirasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv kurslari o‘tkaziladi.
Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” bojxona postida 55 kg ga yaqin giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. U moddalarni gaz balloni va benzin bakiga yashirgan.
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. 3,3 mlrd so‘mga baholangan ushbu tamakilarning barchasi bitta xonadondan topilgan.
Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postidan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari tarkibida 103 kg metamfetamin sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ular Toshkentdagi kompaniyalardan biriga yuborilayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Belgiyada Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, tashkilotning hududiy markazlarida Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari uchun muntazam amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni ilgari surdi.
DXX hamda bojxona qo‘mitasi xodimlari 90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi. U chegaradan pulning bir qismini avval oyoq kiyimlari ichiga, keyingi safar egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchi o‘zi bilan tarkibida kannabis moyi bo‘lgan 18 ta qadoqda saqich, 2 quti konfet va 10 dona shokoladni olib kirishga urindi. Uning yonidan yana 1,2 gr «marixuana» ham topildi. Gumondor moddalardan davolanishda foydalanishini va bu taqiqlanganini bilmasligini aytdi. Bojxona qo‘mitasi «bilmasligi uni javobgarlikdan ozod etmasligini» qayd etdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan 11,9 mlrd so‘mlik tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yishga urinish holatini aniqladi. Ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan bojxona organlari tomonidan aniqlangan 7700 ta huquqbuzarlik holatida umumiy qiymati 547 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy ko‘chirilishining oldi olingan.
Bojxona qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi chegara posti orqali 96,9 kg giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilishga urinish holati aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan noyob 29 ta qo‘lyozma va 16 ta sopol buyumlar Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil davomida bojxona organlari tomonidan 450 ga yaqin qo‘lyozma asarlar, noyob tanga va boshqa osori-atiqalar ushlab qolingan.
Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yuk mashinasi haydovchisi bir nechta soxta «chiroyli» avtomobil raqamlarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi. Ulardan ikki jufti bir xil ekanligi aniqlangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ilxom Muxtorov qo‘mita raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting