Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan hindistonlik shaxslarni to‘xtatib qoldi.
O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.
Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda chegarada undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.
Urganch xalqaro aeroportida xorij fuqarosi 50 dona qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketishining oldi olindi. Misdan yasalgan tangalar orasida temuriylar davriga oidlari ham bo‘lgan. Hozirda ular “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.
Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.
Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.
Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. U 2018-yil 1-yanvarda ishga tushirilgandi. O‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.
Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan avtomashinadan Afrika filining tishi hamda 180 dona bug‘u shohlari topildi.
Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.
Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.
«Samarqand aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Undan olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘pponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.
Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.
Poytaxt aeroportining bojxonasi Misrdan uchib kelgan ayoldan Nil timsohi, iguana va piton bolalarini olib qo‘ydi. Noto‘g‘ri tashilgani sabab jonivorlarning ahvoli qoniqarsiz. Ushbu sudralib yuruvchilarning umumiy bahosi taxminan 77 mln so‘m ekani aytilmoqda.
Bojxona qo‘mitasi huzurida «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etildi. Tuzilma deklaratsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan ham shug‘ullanadi.
Noqonuniy tadbirkorlarga yordam bermoqchi bo‘lgan «Oybek» chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi qo‘lga olindi. Shuningdek, xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan Toshkent xalqaro aeroporti navbatchilik qismi boshlig‘i va «Qo‘qon» TIF bojxona postining bir nafar xodimi ham ishdan olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting