Iordaniyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi.
Yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finalida hakamlar avvaliga hindistonlik Anand Yadav o‘zbekistonlik Abduvali Bo‘riboyev ustidan g‘alaba qozonganini qayd etdi. O‘zbekiston boks federatsiyasining «protestidan» so‘ng, hakamlar qarorini o‘zgartirdi. Final yo‘llanmasini Abduvali Bo‘riboyev bilan birga yana 9 nafar bokschi qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.
Serbiyadagi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov hal qiluvchi jangda fransiyalik Sofian Umiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.
Serbiyadagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga chiqdi. Yarim finalda u Doniyol Shohbaxshga qarshi ringga chiqishi kerak edi, biroq jiddiy jarohati sababli eronlik sportchi turnirni tark etdi.
Serbiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi ikki kunida O‘zbekistondan sakkiz vakil ishtirok etdi. Ulardan yetti nafari raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi, Shaxobiddin Zoirov turnirning 1/8 finalida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kunida O‘zbekistondan to‘rt nafar bokschi bahs olib bordi. Shaxobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Xalaqov ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Amaldagi jahon chempioni Shahram G‘iyosov Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionatida yana uch nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Lazizbek Mullajonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqiblarini ishonchli mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov turnirni tark etdi.
O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Abdullayev Belgradda jahon chempionatidagi birinchi bahsida nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi. U ikkinchi raund yakunida belgiyalik sportchi Viktor Shelstrayetening o‘ng qo‘l zarbasini o‘tkazib yubordi va birdaniga oyoqqa tura olmadi.
Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.
Bosh vazir Abdulla Aripov Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilarga nisbatan adolatsizlik bo‘lganligini ta’kidladi. «Shu yoshga kirib, hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmaganman… Ularning maqsadi bokschilarimizning irodasini sindirish edi», — dedi u.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
O‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovaga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi.
Nigina O‘ktamova Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo‘ldi. Polshadagi musobaqada O‘zbekistonni taqdim etgan sportchilar oltita medal bilan taqdirlandilar.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschining barchasi g‘alaba qozondi. Murodjon Ahmadaliyev Ryosuke Ivasani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Super va IBF yo‘nalishlari chempionligini munosib himoya qildi. Shuningdek, Shahrom G‘iyosov meksikalik Patrisio Morenoni nokautga uchratdi, Hasanboy Do‘smatov esa Muxsin Kizot ustidan g‘alaba qozondi. Yakkaliklar natijalari — «Gazeta.uz» sharhida.
Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Endi 2021 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan 11 nafar bokschi ishtirok etadi.
2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Alan Kamp ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, WBO Inter-Continental unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shahram G‘iyosovning raqibi jangdan bir necha kun oldin almashtirildi. Fransisko Roxoda COVID-19 aniqlanganligi uchun uning o‘rniga nikaragualik Uinston Kampos ringga chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting