Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilgan ayol qo‘shnisi besh yoshli qiziga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, ammo profilaktika inspektori uning arizasini qabul qilmaganini aytdi. BP erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va xodimning xatti-harakatlari ustidan ichki tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Har yili bahorda, 30-aprelda Xalqaro bolalarni jismoniy jazolashga chek qo‘yish kuni nishonlanadi. YUNISEF vakili Antoniya Lyudeke o‘z maqolasida bolalarni zo‘ravonliklarsiz tarbiyalash, ularning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan o‘qitish usullariga o‘tishning ahamiyati haqda so‘z yuritadi.
Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘onaning Buvayda tumanida maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Holat tuman IIB nazoratiga olindi, tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyi derazasini tosh otib sindirgan qo‘shni bolani qo‘rqitib qo‘yish uchun mashinasi yukxonasiga solib harakatlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.
Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.
Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.
O‘zbekistonda 9 oy davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Zo‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va YUNISEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini taqdim etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting