Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari oshishi kutilmoqda. Bu borada hokimlik qarori loyihasi e’lon qildi. Savdoning qator turlaridagi patta narxini 29 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.
Prezident bozorni O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U milliy madaniyatni aks ettiruvchi yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Har bir hududda zargarlik majmualari tashkil etish, mehmonxona va mehmon uylari sonini ko‘paytirish reja qilindi.
4-sentabrdan maktablarda o‘quv yili boshlanadi. Shu bois ayni kunlarda bozorlar xaridorlarga to‘la, kimdir maktab formasini, yana kimdir o‘quv qurollarini sotib olyapti. “Gazeta.uz” ota-onalar maktab bozoriga qancha pul sarflayotgani va ularning narx-navo borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Video.
Yilning birinchi oyida o‘zbekistonliklar 118 ming dona avtomobil sotib olgan. Bu 2022 yil dekabr oyiga nisbatan 18 foizga ko‘p. Yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 23,4 mingtani tashkil etib, dekabrga nisbatan 71 foizga oshdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva bozor mexanizmlari joriy etilishiga qaramasdan, O‘zbekiston ijtimoiy davlat bo‘lib qolaverishini ta’kidladi. Bozordagi narxlar bilan bog‘liq vaziyatni izohlar ekan, u bunga tashqi omillar ta’sir qilayotganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev jahon bozorida oziq-ovqat narxi kun sayin ortib borayotgani, jumladan, bug‘doy narxi yil boshidan beri 30 foizga qimmatlashganini aytdi. «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu — bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi», — dedi u. Qolaversa, «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi 43 ta don korxonasi xarajatlari yuqoriligi, biroq rentabelligi 2 baravar pastligi tanqid qilindi.
Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi II chorak davomida o‘rtacha 5,7 foizga ko‘tarildi. Narxlar eng ko‘p Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qimmatlashdi, barcha oldi-sotdi shartnomalarining uchdan biri esa Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlari aholi jon boshiga daromadi yuqoriroq bo‘lgan dunyoning boshqa poytaxt-shaharlaridan balandroq, deyiladi MB mutaxassisi sharhida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting