2025-yildan boshlab O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlati maqomini oladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz"ga TIV. Bundan tashqari, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda ham birlashmaning hamkor davlati bo‘lishga tayyorligini tasdiqlagan.
O‘zbekiston BRIKSning hamkori bo‘lishi kutilmoqda. Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyevga ko‘ra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi.
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.
Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Ittifoq so‘nggi bor 2024-yil yanvarida kengaygandi, o‘shanda unga beshta davlat, jumladan, BAA va Eron ham qo‘shilgan.
Janubiy Afrika Respublikasidagi sammitdan so‘ng BRIKSga 6 ta davlat — Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi. JAR prezidenti Siril Ramafosa bu mamlakatlar ittifoqqa qo‘shilish uchun taklif etilganini tasdiqladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin JARda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga bormaydi. U yerda Putinni mamlakat rasmiylari Xalqaro jinoyat sudi orderi bilan hibsga olishi mumkin edi. RF rahbari ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting