«budjetnoma» tegli maqolalar


Hukumat tariflar oshganiga qaramay, gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi
8 noyabr 2024, 16:46

Hukumat tariflar oshganiga qaramay, gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi

2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.

O‘zbekistonda mikrobiznes uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin
8 noyabr 2024, 01:15

O‘zbekistonda mikrobiznes uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab aylanmadan soliqning qat’iy stavkalari bekor qilinishi mumkin. Ular 2023-yilda mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirish uchun yagona 4 foizli soliq stavkasiga muqobil sifatida joriy qilingandi.

2025-yilda dollarning o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda
4 noyabr 2024, 15:36

2025-yilda dollarning o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dollarning so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu 2024-yil kutilayotganidan 4,8 foizga ko‘p. Milliy valyuta kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi budjet xarajatlari 240 mlrd so‘mga oshishiga olib keladi.

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda
4 noyabr 2024, 10:53

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirish rejalashtirilmoqda (inflyatsiya prognozi 7 foiz). 2024-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun rejalashtirilganidan kamroq mablag‘ ajratildi.

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?
31 oktabr 2024, 20:52

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi: bazaviy soliq stavkalari saqlanib qoladi, lekin import qilinadigan gaz uchun aksiz solig‘i qaytariladi, qat’iy belgilangan soliq stavkalari, marketpleyslar, suv va boshqalar uchun soliqlar oshiriladi.

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?
31 oktabr 2024, 00:58

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?

2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor.

Darsliklar ijarasi uchun to‘lovni qayta joriy etish rejalashtirilmoqda
30 oktabr 2024, 12:08

Darsliklar ijarasi uchun to‘lovni qayta joriy etish rejalashtirilmoqda

Budjetnoma loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovni qaytarish rejalashtirilmoqda (2022-yilda bekor qilingandi). 2−11-sinf o‘quvchilari uchun to‘lov har bir to‘plam uchun 80 ming so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bu budjetga yuklamani taxminan 376 mlrd so‘mga kamaytirishi kutilmoqda.

Tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlarni chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda
10 noyabr 2023, 12:10

Tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlarni chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik holatlari yuzasidan nizom ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilganlarni xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati — bugungi kunda 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda
8 noyabr 2023, 17:40

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.

2022 yilda «snos”lar tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi
22 noyabr 2021, 17:39

2022 yilda «snos"lar tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi

2022 yilda «snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting