Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritdi. Shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklandi.
Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik tovar belgisi ko‘rsatilgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi reklamani joylashtirgan agentlikka nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi. IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat ham kiritilgan.
O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi
Prezident 2022-yil aprelida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqidagi qarorini bekor qilgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tib, yangi qaror bilan ushbu yo‘nalishda takliflar kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni topshirdi.
«Menimcha» ko‘rsatuvida O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatiga nega ruxsat berilmaganiga izoh berildi. O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlikni jamoatchilik yaxshi qarshi olmaganligini qayd etdi. Biroq u bukmekerlikni taqiqlash ham muammoga yechim bo‘lmasligini ta’kidlab, sohani nazoratga olish bo‘yicha takliflar kerakligini aytdi. IIV Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamajonov ham bloklash chora bo‘lmasligiga to‘xtalib, bukmekerlikni reklama qilayotgan aksariyat takshilotlar chet el serverlarida o‘tirishiga e’tibor qaratdi.
Prezident O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Prezidentning avvalgi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat berilgan, biroq huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli mamlakatda ular faoliyati noqonuniy bo‘lib qolayotgan edi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni chekladi.
Qonunchilik palatasi a’zosi Doniyor G‘aniyev faqatgina O‘zbekiston rezidentlariga bukmekerlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Deputat norezident bukmekerlarga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlash kerakligini ham aytdi. Shuningdek, u totalizatorlarni reklama va targ‘ibot qilishga ruxsat bermaslik hamda jismoniy shaxslar uchun «stavka"larning maksimum chegarasini belgilash taklifini ilgari surdi.
XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini litsenziya bilan amalga oshirishga ruxsat berilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lum qilishicha, bugunga qadar mamlakat hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun hech kimga litsenziya berilmagan. Agentlik ushbu faoliyatlar hali ham qonuniy emasligini eslatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting