Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
Buxoro viloyatining Muhandislik institutida 4-bosqich talabasi oliygoh yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi surishtiruv o‘tkazmoqda.
Buxoroning tarixiy qismida skuterlar, mopedlar, velosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalarida harakatlanish endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.
Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.
Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Adilov tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Prezident Buxoro hokimining hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejalaridan qoniqmadi va investitsiya, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish sohalarini yaxshilash kerakligini aytdi. Viloyatdagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tib, shu uchta yo‘nalish ustida ishlaydi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada.
Elyor Oltiyev Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Buxoroda Kadastrlar palatasi tuman filiali yetakchi muhandisi qo‘lga olindi. U fuqarodan boshqa tadbirkorga tegishli yerni ro‘yxatdan o‘tkazib berish uchun 3000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi.
Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jondor tumanida ayol xorijdagi eri ularning holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, 3−4 yoshli qizlarini kaltakladi. Buxoro IIBga ko‘ra, holat bo‘yicha tergov boshlandi va sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Korxona “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi uchun elektr energiya tariflarini oshirib qo‘llagan. Buning oqibatida 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblangan.
Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.
Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.
Yaponiya hukumati Buxoroning Romitan va Peshku tuman tibbiyot birlashmalariga umumiy qiymati taxminan 182 ming dollarlik tibbiyot jihozlarini topshirdi. Shifoxonalarga rentgen diagnostika uskunasi va operatsiya uchun mo‘ljallangan uskunalar yetkazib berildi.
Buxoro hududini 3831 gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va “juda baland bo‘lmagan stela”li istirohat bog‘i, tarixiy obidalar maketlari, raqamli panorama va boshqa obyektlar quriladi. Prezidentga shaharni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi.
Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt — MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi.
Buxoro viloyatiga borgan Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Prezident, shuningdek, majmuadagi “yuz yil vayron bo‘lib yotib”, tiklangan Toqi miyona darvozasini ko‘zdan kechirdi. “Endi bu yerdagi har bir obidaga bitiklar yozib qo‘yish kerak”, — dedi u. Foto.
Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting