Prezidentga avtomobil sanoatining 2025-yilgi rejalari taqdim qilindi. Unda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkinligi qayd etildi.
BYD kompaniyasi Toshkentdagi festival doirasida o‘zining avtomobillari ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston bozori uchun yangi modellarini taqdim qildi. Ular 2025-yilda sotuvga chiqishi reja qilinmoqda. Namoyish 25-noyabrgacha davom etadi. Foto.
1-noyabrdan O‘zbekistonga olib kelinadigan avtomobillar bojxonada emas, balki Piskentdagi poligonda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘p vaqt talab etadi, sertifikat narxi esa 3,5 barobarga oshdi (keyinchalik narx biroz pasaytirildi). “Gazeta.uz” texnik ko‘rik o‘tkazuvchi UzTest bilan suhbat qildi.
BYD kompaniyasining ma’lum qilishicha, BYD Central Asia O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutor bo‘lib, u mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan avtomobillarni to‘liq kafolat bilan taklif qiladi.
BYD Uzbekistan Factory Sergeli tumanidagi portlash paytida shikastlangan va Xitoydan olib kelingan avtomobillarning bir qismi ta’mirlash uchun ajratib olinganini tasdiqladi. Kompaniya avvalroq 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Mashinalar tizimdagi korxonalar orasida sotilmoqda.
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. BYD Seagull va E2 ehtimoliy ishlab chiqarish uchun taqdim etilgan va laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.
2024-yilning iyun oyida Jizzax viloyatidagi BYD avtomobil zavodini ishga tushirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ushbu brend ostida ikkita model ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.
Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.
“O‘zavtosanoat” bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning “tartibsiz” importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.
Prezident elektromobillar sanoatidagi loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, Xitoyning BYD kompaniyasi bilan birga elektromobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, “elektrozapravkalar"ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.
Toshkent hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasidan 2000 dona K9UD eBus elektrobuslarini xarid qiladi. 200 ta avtobusning birinchi partiyasi 2024-yilda keltirilishi kerak.
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.
Xitoyning BYD kompaniyasi Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uning quvvatini 300 ming donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.
“O‘zavtosanoat” va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib oldi. Kelgusida dvigatellar, elektromotorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq tomonlar O‘zbekiston bozori o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.
«O‘zavtosanoat» va Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD Auto Industry o‘rtasida O‘zbekistonda elektromobil va elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. UzAuto rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov buni «elektromobillar kelajagi sari birinchi qadam» deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting