2020 yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga 4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Xarajatlar dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va karantin zonalarini qurishga ajratilgani ma’lum qilindi.
Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.
2021 yilda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish o‘rnini legallashtirish, aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash, qatnovlarni qayta tiklash hisobiga byudjetni to‘ldirish taklif qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat moliyaviy nazorat departamenti 6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanganini aniqladi. Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida, hududlar kesimida Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda qayd etildi. 57,4 mlrd so‘m byudjetga qaytarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting