Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.
1 fevraldan tibbiyot muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob jurnallari 26 tadan 14 tagacha qisqartirildi, ulardan 10 tasi soddalashtirildi. Shuningdek, 33 turdagi tibbiy karta va blankalar ham 14 tagacha qisqartirildi. «Endi shifokor va hamshiralar asosiy vaqtini bemorlarni davolashga yo‘naltiradi», — deyiladi SSV xabarida.
Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting