O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
O‘zbekistonda havo ifloslanishi haqida gap ketsa, ko‘pincha “chang” eslanadi. U haqiqiy muammoni xaspo‘shlashning qulay vositasiga aylangan. Havo ifloslanishida changning roli qanday, 2021-yil noyabrida Toshkent nima uchun changga ko‘mildi va muammoni qanday hal qilish mumkin? “Gazeta.uz” javob izlaydi.
Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.
Toshkentda kuchli shamol ortidan chang-to‘zonlar sodir bo‘lmoqda. IQAir Havo sifati indeksiga ko‘ra, hozir O‘zbekiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘ntalikka chiqdi. “Gazeta.uz” muxbirlari changga burkangan poytaxt ko‘chalarini suratga oldi.
Payshanba kuni Termizda chang-g‘ubor hodisasi kuzatildi. Soat 9:00 da havodagi mayda PM10 zarralari maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyadan 14 barobar oshib ketdi. Soat 12:00 ga kelib, bu ko‘rsatkich 9 ga tushdi. Aholiga ochiq havoda bo‘lmaslik, tashqarida niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etildi.
OKMK Toshkentda chang paydo bo‘lishining asosiy sababi “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida olib borilayotgan tozalash ishlari ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
O‘zgidromet dushanba kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahrida atmosfera mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishini ma’lum qildi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan imkon boricha uydan chiqmaslik va ko‘chada tibbiy niqob taqib yurish so‘ralmoqda.
Qarshi shahrida changli bo‘ron hodisasi kuzatilmoqda. Avvalroq, O‘zgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda cho‘l hududlarida chang ko‘tarilishi haqida ogohlantirgandi. SSV changli havo kuzatilganda fuqarolar nimalarga e’tibor berishi kerakligi borasida o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.
O‘zgidromet 4 noyabr kuni havodagi changning eng yuqori konsentratsiyasi Toshkent (33 marta), Chirchiq (26), Guliston va Olmaliq (20), Bekobod (18) va Buxoro (14) shaharlarida kuzatilganini ma’lum qildi. Boshqa hududlarda esa bu ko‘rsatkich 2 dan 8 martagacha bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent havosidagi chang miqdori belgilangan me’yorlardan 2 barobar ko‘pligini ma’lum qildi. Prezident qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy qilish zaruriyati haqida ham gapirdi. O‘zLiDeP nomzodi kelgusi yilda har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta «yashil hudud» va alleyalar tashkil etilishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting