Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.
Toshkentning Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda ko‘chaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Video.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.
Farg‘ona viloyati Quva tumani tibbiyot birlashmasida bir kunlik chaqaloq polisintetik xaltada yerga tashlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. SSVning qayd etishicha, chaqaloq muddatidan avval tug‘ilgani sabab vafot etgan. Uning onasi dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Holat nazoratga olindi.
Qarshi shahrida shifoxonadagi zina ostiga 20 kunlik chaqaloq tashlab ketildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Chaqaloq Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga joylashtirildi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.
Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 5 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. IIB xodimlari tomonidan topilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizilib, mutaxassislar nazoratiga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.
Samarqandda 32 yoshli ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti bilan bajarilgan tug‘ruq jarayonidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ona va bolalarni nazoratga oldi.
Asaka tumanida tug‘ruqxona shifokorlari 26 yoshli ayolning qornida salfetkani unutib qoldirgani oradan 10 oy o‘tib ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimligi salfetka jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlangani va bemorning salomatligi bo‘yicha shikoyati yo‘qligini ma’lum qildi. Tarmoqlarda tarqalgan video esa boshqa shifokorlarga o‘rnak bo‘lishi uchun suratga olingani va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgani aytilmoqda.
O‘tgan yili Nukusda shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni xato tufayli o‘lgan deb qayd etib, patologiya byurosiga berib yuborishgan. Patologo-anatomik chaqaloqning ko‘krak qafasini ochganida uni hali tirik ekanligini aniqlagan, biroq, unga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan, shifokorlarga qaytarib bergan. Chaqaloq vafot etdi, uch kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.
Yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 7 mingtaga ko‘p. Chaqaloqlarning yarmidan ko‘pini o‘g‘il bolalar tashkil etmoqda. Eng ko‘p tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda, eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln so‘m qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, chaqalog‘ining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va haqorat qilish moddalari bilan ish ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting