Qirg‘iziston hukumati jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdorini uch baravar — 33,5 dollargacha oshirdi. Bolalarga tamaki mahsulotlari sotganlik uchun jarima miqdori ham oshirildi.
Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.
Tamaki nazorati sohasida ijobiy o‘zgarishlar bor, ammo uning iste’moli “jamoat salomatligi uchun asosiy tahdidlardan biri” bo‘lib qolmoqda, deyiladi JSST hisobotida. Har yili dunyoda 1,3 millionga yaqin odam passiv chekish (tamaki tutuni) qurboni bo‘lyapti.
Havo sifatining yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qiladi. Toshkent dunyoning ifloslangan havosi salomatlikka eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan 20 ta yirik shaharlar orasida Jakarta va Olmaota o‘rtasida 16-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).
Chekishdan voz kechish qiyin bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chekishni tashlashning 100 dan ortiq sabablarini keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting