Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yaqinda “Siti” tarkibiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazdi. “U juda yosh, u hali o‘rganadi”, — dedi Pep Gvardiola Husanov haqida.
Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Londonning «Chelsi» jamoasini sotishga qaror qildi. Kelishuvdan tushadigan barcha mablag‘lar Ukrainadagi urushda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlaydigan xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Hozirda klubga asosiy da’vogar sifatida shveysariyalik millarder Xansyorg Viss e’tirof etilmoqda.
“Chelsi” klubi Yevrop Superkubogida “Vilyarreal” jamoasiga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va chempion bo‘ldi (foto).
Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasi finalida «Chelsi» jamoasi «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ushbu musobaqada ikkini marta chempion bo‘ldi.
29 maydan 30 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Inglizcha finalda «Manchester Siti» va «Chelsi» jamoalari to‘p surishadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Yevropa Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘yin 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasida ishtiroki, YeCHL va YeL musobaqasida yarim final uchrashuvlari, o‘zbekistonlik bokschi qizga sovg‘a qilingan Nexia-3 avtomobili va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
13−14 aprel kunlari Yevropa Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari javob o‘yinlari o‘tkaziladi. Bugun «Chelsi» — «Portu», «PSJ» — «Bavariya» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting