Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.
Xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi.
Humo Arena`da o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatinig 6 kunida -100 kg vazn toifasidagi bellashuvda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan O‘zbekiston hisobiga ikkita oltin medal yozib qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev sportchini g‘alaba bilan tabrikladi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov AQShda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etdi va vakant bo‘lgan IBF North American chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Zuhriddin Qodirov BAAda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati finalida germaniyalik raqibini mag‘lub etdi. U O‘zbekiston qilichbozlari o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi. JCHda Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan Nurudinov esa kumush medalga ega chiqdi. Ikki og‘ir atletikachi chempionatda jami 6ta medal sohibiga aylanishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting