«chilonzor» tegli maqolalar


Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
8 sentabr 2022, 17:10

Toshkentda 58 tup daraxtni kesib tashlagan Dream House Stroy mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.

Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida 60 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
8 sentabr 2022, 10:07

Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida 60 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Yaqinda 100 dan ortiq daraxt shikastlangan Chilonzor ko‘chasida bir kechaning o‘zidayoq 58 tup daraxt kesib tashlandi. Har ikki voqea tuman prokuraturasi yaqinida sodir etildi. Birinchi holatdan so‘ng tuman hokimi va prokuror ishdan olindi. Tuman hokimligi ertalab kesilgan daraxtlar o‘rniga 69 tup ko‘chat ekdi.

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi
22 avgust 2022, 11:33

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi

Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi. Tuman sobiq hokimi Shavkat Mavlonov Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.

Chilonzorda yo‘lni kengaytirish jarayonida 101 tup daraxt shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi
7 avgust 2022, 18:33

Chilonzorda yo‘lni kengaytirish jarayonida 101 tup daraxt shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislari Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani, shundan 9 tup eman daraxti jiddiy zarar ko‘rganini aniqladi. Shuningdek, yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat ekoyekspertizasi xulosasi ham olinmagan.

Chilonzorda erkak xotini, farzandi, qaynona va qaynopasini pichoqladi
26 iyul 2022, 10:58

Chilonzorda erkak xotini, farzandi, qaynona va qaynopasini pichoqladi

Poytaxtning Chilonzor tumanida er o‘zining turmush o‘rtog‘i, 7 yoshli farzandi, qaynonasi va qaynopasini pichoqlaganlikda gumonlanmoqda. Hozirda bemorlarning holati barqaror.

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasining 3 nafar xodimi benzin paridan zaharlandi
6 aprel 2022, 12:02

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasining 3 nafar xodimi benzin paridan zaharlandi

Poytaxtning Chilonzor tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida uch nafar xodim benzin paridan zaharlanib, hushini yo‘qotdi. Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

«Chilonzor» metro bekatida jamoat hojatxonasi ochiladi
23 fevral 2022, 13:29

«Chilonzor» metro bekatida jamoat hojatxonasi ochiladi

Toshkent metropoliteni bekatlarida ilk marotaba ona va bola xonasi hamda jamoat hojatxonasi foydalanishga topshiriladi. Birinchi ana shunday hojatxona 23 fevral kuni 15:00 da ochiladi.

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda
7 yanvar 2022, 12:46

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda

Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Chilonzorda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
13 sentabr 2021, 10:38

Chilonzorda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Chilonzorda «Gazel» Lacetti bilan to‘qnashdi
10 avgust 2021, 12:42

Chilonzorda «Gazel» Lacetti bilan to‘qnashdi

Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.

Chilonzorda bir kechaning o‘zida 2 ta YTH sodir bo‘ldi, ularning birida haydovchi vafot etdi
24 may 2021, 11:53

Chilonzorda bir kechaning o‘zida 2 ta YTH sodir bo‘ldi, ularning birida haydovchi vafot etdi

Dushanba kuni kechasi va ertalab poytaxtning Chilonzor tumanida ikkita avariya yuz berdi. Ularning birida uch kishi jarohat olgan, ikkinchisida haydovchi vafot etgan.

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi
15 mart 2021, 22:50

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi

16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatining keskin oshgani sabab bo‘lgan. O‘qish jarayonlari bir martalik karantin muddatiga masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi
16 yanvar 2021, 21:15

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.

Chilonzorni kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi
20 noyabr 2020, 22:46

Chilonzorni kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi

Toshkentning Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqildi. Prezidentning tumanga tashrifi chog‘ida mazkur dastur muhokama qilindi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yo‘l va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, tibbiyot va ta’lim sohalarida yangi islohotlarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

«Abu Saxiy» savdo markazi vaqtinchalik yopildi
7 iyul 2020, 14:37

«Abu Saxiy» savdo markazi vaqtinchalik yopildi

Chilonzorda joylashgan «Tashkent Trade Center» (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Savdo markazi vaqtinchalik yopildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting