Chilonzor tumanida 58 tup daraxtni kesib tashlab, tabiatga qariyb 800 mln so‘mlik zarar yetkazgani uchun Dream House Stroy kompaniyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Avvalroq, mazkur hodisa Chilonzor prokuraturasi ro‘parasida, tungi vaqtda sodir etilgani haqida yozgandik.
Yaqinda 100 dan ortiq daraxt shikastlangan Chilonzor ko‘chasida bir kechaning o‘zidayoq 58 tup daraxt kesib tashlandi. Har ikki voqea tuman prokuraturasi yaqinida sodir etildi. Birinchi holatdan so‘ng tuman hokimi va prokuror ishdan olindi. Tuman hokimligi ertalab kesilgan daraxtlar o‘rniga 69 tup ko‘chat ekdi.
Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi. Tuman sobiq hokimi Shavkat Mavlonov Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.
Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislari Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani, shundan 9 tup eman daraxti jiddiy zarar ko‘rganini aniqladi. Shuningdek, yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat ekoyekspertizasi xulosasi ham olinmagan.
Poytaxtning Chilonzor tumanida er o‘zining turmush o‘rtog‘i, 7 yoshli farzandi, qaynonasi va qaynopasini pichoqlaganlikda gumonlanmoqda. Hozirda bemorlarning holati barqaror.
Poytaxtning Chilonzor tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida uch nafar xodim benzin paridan zaharlanib, hushini yo‘qotdi. Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Toshkent metropoliteni bekatlarida ilk marotaba ona va bola xonasi hamda jamoat hojatxonasi foydalanishga topshiriladi. Birinchi ana shunday hojatxona 23 fevral kuni 15:00 da ochiladi.
Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.
Dushanba kuni kechasi va ertalab poytaxtning Chilonzor tumanida ikkita avariya yuz berdi. Ularning birida uch kishi jarohat olgan, ikkinchisida haydovchi vafot etgan.
16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatining keskin oshgani sabab bo‘lgan. O‘qish jarayonlari bir martalik karantin muddatiga masofaviy tarzda amalga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.
Toshkentning Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqildi. Prezidentning tumanga tashrifi chog‘ida mazkur dastur muhokama qilindi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yo‘l va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, tibbiyot va ta’lim sohalarida yangi islohotlarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Chilonzorda joylashgan «Tashkent Trade Center» (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Savdo markazi vaqtinchalik yopildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting