Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.
Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi.
Qashqadaryoda erkak 8 nafar bola asrab olib, ulardan 2 nafar qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qizlardan birining homilador bo‘lib qolganini rad etdi. Bolalar qarindoshlariga, yordam ko‘rsatish markaziga, Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri ixtiyoriga topshirildi.
Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumani tarkibida yangi Ko‘kdala tumani tashkil etildi. Unga Chiroqchidagi 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari yashayotgan 32 ta mahalla kiritiladi va Yettitom shaharchasi tuman markazi etib belgilandi.
Qashqadaryoda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i sherigi bilan pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘i aholisi elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi sabab poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bunga tuman hokimi ushbu muammoni hal qilish uchun qishloq aholisi bilan uchrashmaganligi sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Tuman hoqimligi esa temiryo‘l to‘sib qo‘yilgan paytda hokim boshqa mahallaga ketayotgani va voqeadan xabar topgach, hududga borganini aytmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilida harakat vaqtida gaz balloni portladi. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi og‘ir jarohatlandi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.
Qashqadaryoda uch nafar fuqaro 6 sinf o‘quvchisiga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchining yuzini bir necha marotaba urib, kaltaklashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida katta tezlikda piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting