O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.
«Dunyoning boshqa hech bir mamlakatida men ikki tomonlama qatnov o‘rtasidagi burilib olishlarga duch kelmaganman, bu juda qo‘rqinchli», — dedi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlou. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarning to‘g‘ri dizayni, cheklangan tezlikka rioya qilish va haydovchilikka o‘qitishni qayta ko‘rib chiqish vaziyatni yaxshilashi mumkin.
Prezident qarori bilan tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilmoqda. Shuningdek, tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi.
Taxminan soat 11:00 larda O‘zbekistonning ayrim hudularida, shu jumladan Toshkent shahri elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. «Gazeta.uz» manbalari O‘zbekiston energotizimida yirik avariya sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting