Toshkent markazida joylashgan, bir vaqtlar shahar ramzi va me’morlar iftixori hisoblangan “Chorsu” mehmonxonasi bugun qarovsiz qolib, buzilmoqda. “Gazeta.uz” rekonstruksiyasi amalga oshmagan sovet modernizmi yodgorligining tarixi, taraqqiyoti va tanazzuli haqida hikoya qiladi.
Toshkentda yigirma yildan buyon bo‘sh turgan “Chorsu” mehmonxonasini buzish ishlari boshlandi. Mashhur binoning o‘rnida yangi baland qavatli mehmonxona quriladi. Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.
Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.
Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan.
Sharqda: “Xalqning hayot tarzini ko‘rmoqchimisan, bozorga bor”, deydilar. Shu bois “Gazeta.uz” Navro‘zni kutib olgani Toshkentning bosh bozori Chorsuga bordi. Bayram bahona bu yerga butun O‘zbekistondan sotuvchilar to‘plangan. Bayram qanday kutib olinganini va sotuvchilarning bayramona fikrlarini sizga yetkazamiz.
Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular «Gazeta.uz»ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.
Chorsudagi “ovqat bozori” — Toshkent haqidagi hikoyalarning eng asosiy syujetlaridan biri. Bu yerdagi eski shahar muhiti mahalliy oshpazlar bilan chambarchas bog‘liq, ularning aksariyati bir necha o‘n yillardan buyon shu joyda mehnat qilmoqda. “Gazeta.uz” Toshkentning asosiy ramzlaridan biri haqida hikoya qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting