Bo‘stonliq tumanida “Chinorkent” temiryo‘l bekati 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan Toshkentdan Xo‘jakentgacha bo‘lgan elektropoyezd qatnovi 1,5 km masofaga — Chorvoq shaharchasida yaqinida joylashgan “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi.
Yangi yil munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yutong transportlari soat 9:00 va 16:00 da “Mashinasozlar” bekatidan jo‘naydi. Yo‘lkira narxi — 20 ming so‘m.
Turkiyaning Onur Group kompaniyasi DXSH asosida Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning qariyb 70 km qismini rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga aylantirishni reja qilmoqda. Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.
Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida uy portladi. Hodisa oqibatida 4 fuqaro turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
18−19 sentabr kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan «SKY CAMP» marafoni sababli Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi.
6−7−8 may kunlari velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Bektemir — Chirchiq — G‘azalkent — Chorbog‘ avtomobil yo‘lida ma’lum vaqtlarda transport harakati cheklanadi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida fransuz kompaniyasi konsorsiumi bo‘yicha «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 480 mln dollar bo‘lib, shundan 280 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisoblanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 15 avgustdan Chorvoq suv omborida cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting