Endilikda Click`da pul o‘tkazmalari Kia K5 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. O‘tkazmalar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori. O‘yin 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.
29-noyabr kuni Click SuperApp’ga aylanishini e’lon qildi va foydalanuvchilar va biznes uchun yorqin o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi.
Click O‘zbekistonda qayta tiklanadigan manbalar elektr energiyasidan foydalanishni tasdiqlovchi I-REC yashil sertifikatini olgan birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi.
Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdi.
Uzum direktorlar kengashi Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi. Kompaniya o‘z ekotizimiga asoslangan fintex xizmatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchi.
Endilikda Click orqali oila a’zolariga komissiyasiz va cheklovlarsiz pul o‘tkazish mumkin. Mazkur funksiya Click Up ilovasidagi “Mening oilam” bo‘limida mavjud.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Click kompaniyasi tomonidan Inson Uchun xayriya platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U xayriya qiluvchilar va xayriyaga muhtojlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.
2023-yilda Click`dagi tranzaksiyalar hajmi 60 trln so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi.
“Click`dan milliard” aksiyasining so‘nggi bosqichi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu safar g‘oliblar soni 12 nafar bo‘ladi. Asosiy g‘olib 300 mln so‘m miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
Click orqali har qanday kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshirish, to‘lov uchun keshbek va hatto qog‘ozli kvitansiyalar olish mumkin.
“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin.
“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin.
24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.
16-avgustdan 5-oktabrgacha Click asosiy sovg‘asi BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda. Aksiya davomida yana ko‘plab boshqa qimmatli sovg‘alar ham o‘ynaladi.
Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.
Endilikda Click-akkauntni firibgarlardan himoyalash uchun selfi qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Click to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashuv bitimiga oldindan rozilik olish bo‘yicha murojaat qilmaganini va kompaniyalar birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmaganini ma’lum qildi.
11 millionga yaqin foydalanuvchiga ega Click to‘lov tizimi Uzum ekotizimining bir qismiga aylanadi. Birlashish natijasida Click foydalanuvchilari, jumladan, chekka hududdagilar bozor va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
To‘lov xizmatlari seshanba oqshomida ta’minotchilarga to‘lov, QR-kod bo‘yicha to‘lov va joylardagi to‘lov xizmatlarini qayta tikladi. Apelsin servisi hamkorlardan mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodlarini 15 noyabrga qadar taqdim etishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting