UzAuto Motors 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avvalgi shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan avtomobillarga qayta shartnoma tuzadi.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.
UzAuto Motors 19-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.
UzAuto Motors 11-dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktatsiyaga qo‘yadi.
UzAuto Motors 22-noyabr kuni soat 10:00 da Cobalt Style va Midnight modifikatsiyalari uchun onlayn shartnoma ochilishini e’lon qildi.
Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.
5-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors belgilangan muddatda to‘lov qilinmagani tufayli avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari kontraktatsiyasini qayta ochadi.
UzAuto Motors 21-iyun kuni soat 10:00 da 25 ming dona Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kunida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.
UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da avvalgi shartnomalardan chiqarilgan Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi. Gentra`larni (4500 ta) shu zahoti olib ketish mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqara boshlashini ma’lum qildi.
Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari narxini 3,5−6,7 foiz oralig‘ida oshirdi. Kompaniya, shuningdek, bosqichma-bosqich dilerlarga keyinchalik sotish uchun avtomobil sotib olish imkonini beradigan “rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan sotuv tizimi”ni joriy qiladi.
Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.
UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.
UzAuto Motors 18-sentabr kuni Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochdi. Oradan 3 soat o‘tib, kompaniya avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzilgani, 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanganini xabar qildi.
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yana bir bor cheklangan miqdordagi kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni Chevrolet`ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.
Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda to‘xtatilganidan so‘ng internetda ushbu avtomobillar bo‘yicha shartnomalarni sotish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.
UzAuto Motor yetti oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnoma tuzishni qayta boshladi, shuningdek, Style Plus pristavkali yangi komplektatsiyalarni taqdim etdi. Avtomobillarni topshirish vaqtini qisqartirish uchun kompaniya “ishlab chiqarish jadvali bo‘yicha sotish tizimi”ni joriy qilmoqda.
Guliston tumanidan oqib o‘tgan zovurga Cobalt tushib ketdi. Avtomobil FVB qutqaruv otryadi yordamida olib chiqildi. Jarohat olganlar yo‘q.
Tarmoqlarda 1-iyundan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyalari taqdim etilishi, Cobalt va Lacetti narxi 20−23 ming dollargacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting