Coca-Cola O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon kubogini qo‘llab-quvvatlaydi, muxlislar uchun qulaylikni ta’minlaydi va plastikni qayta ishlash orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati ilk bor uchta shahar — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi.
Coca-Cola MY5 bilan birgalikda O‘zbekistonning to‘rtta shahrida Coke Studio Road Show festivalini tashkil etdi. Tadbir doirasida ko‘ngillilar tomonidan 200 kg ga yaqin plastmassa yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.
Coca-Cola chellenji faol ishtirokchilari bo‘lgan Inha va O‘zMU talabalari brend faoliyatiga munosabatlari va kompaniyalar eko loyihani qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligi haqida fikr bildirishdi.
«FIFA World Cup Trophy Tour» loyihasi doirasida futbol bo‘yicha Jahon kubogi O‘zbekistonga olib kelinib, ommaga ko‘rsatildi. Uni futbol yulduzlari Karles Puyol va Kristian Karambyo o‘zbekistonlik muxlislarga tanishtirdi. O‘zbekiston mazkur kubok olib boriladigan dunyodagi 51 mamlakatning biri hisoblanadi.
O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118% ulushini Turkiyaning Coca-Cola İçyecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.
Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Unga ko‘ra, Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrikadan bir qancha talabgorlar aniqlab olindi.
Davaktiv Antikorrupsiya agentligining «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni so‘rab kiritgan taqdimnomasiga munosabat bildirdi. Davaktiv Antikorrupsion agentlik va jamoatchilik bilan xususiylashtirishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» ning xususiylashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderlarda korrupsion omillar kelib chiqishini oldini olish maqsadida tegishli idoralarga taqdimnoma kiritdi.
Bilasizmi, Coca-Cola'ning yangi yil kampaniyasi tarixi 1920 yilga borib taqaladi. Coca-Cola brendining yangi yil tantanalari kampaniyasiga 100 yil to‘lgani munosabati bilan sizlarga bayramona kayfiyat tuhfa etadi. Yangi yil tantanalari davomida kompaniya «Yangi yilda omad kuladi» aksiyasi ishtirokchilari orasida 21 ta Nissan Sylphy avtomobilini o‘ynaydi. 31 dekabrda esa barcha teletomoshabinlarni ZO’R TV telekanalida Coca-Cola va shou-biznes yulduzlaridan musiqiy syurpriz kutmoqda (yangi yil reklamasi).
AQSHda COVID-19 vaksinasi ishlab chiqaruvchilarining nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan ozod qilinishi, Shvetsiya qirolining karantinsiz koronavirusga qarshi kurashishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgani, Singapurda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda COVID-19ga qarshi antitanachalarning topilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting