«dabs» tegli maqolalar


O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi
18 dekabr 2024, 23:30

O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari 2025-yilda Afg‘oniston bozoriga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini ham muhokama qildi.

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi
1 avgust 2022, 21:08

Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqda — O‘zbekiston Energetika vazirligi

Afg‘onistonning 2021 yil uchun O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzi yo‘q. O‘tgan yil yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan, 2022 yil uchun yetkazib berish bo‘yicha hisob-kitoblar tizimli asosda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi.

Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun qarzi $100 mlndan oshdi
19 may 2022, 14:01

Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun qarzi $100 mlndan oshdi

Afg‘oniston O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun $100 mlndan ortiq qarzi borligi ochiqlandi. Energetika va suv resurslari vazirligi qarzni to‘lashda ushbu mamlakatlarga pul o‘tkazishdagi qiyinchiliklar to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘oniston tomoni o‘tgan yil davomida elektr energiyasi uchun qarzni to‘liq to‘laganini ma’lum qildi.

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi
13 yanvar 2022, 13:32

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi

Tallimarjon IESdagi nosozliklar tufayli Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. 13 yanvar kuni ertalabga kelib elektr ta’minoti tiklandi, deya xabar qildi Afg‘oniston energetika kompaniyasi.

Elektr haqini to‘lamagan Afg‘oniston sobiq hukumati amaldorlarining mol-mulki sotuvga qo‘yilishi mumkin
7 oktabr 2021, 14:57

Elektr haqini to‘lamagan Afg‘oniston sobiq hukumati amaldorlarining mol-mulki sotuvga qo‘yilishi mumkin

Afg‘onistonning energetika kompaniyasi elektr energiyasi haqini to‘lamagan sobiq hukumat amaldorlarining mol-mulkini sotuvga qo‘ymoqchi. Mamlakat aholisi kompaniyaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlayotganligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasidan qarzlarning umumiy miqdori 5,5 mln dollardan ortiq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting