Poytaxtda 9-noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Hokimlik tashkilotlar, korxona hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.
Ko‘p yillik, noyob va o‘ziga xos daraxt turlari haqida ma’lumot beruvchi MonumentalTrees.com xalqaro ro‘yxatiga Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi turli daraxtlar ham kiritildi. Ularning yoshi salkam 600−1500 atrofida.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ekologiya vazirligi aerokosmik tasvirlar orqali 5 va undan katta yoshli 254 mln dan ortiq daraxtning raqamli xaritasini tuzdi. 200 mingdan ortiq daraxt xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi. Toshkent shahrida esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.
O‘zbekiston prezidenti hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar sustligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘orish tizimi yo‘qligi sababli 10 mln nihol nobud bo‘lgan. U bundan buyon ekologik vaziyatni yaxshilash hokimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Shoxlarni beruxsat kesganga jarima, daraxtlarni yo‘q qilganga 10 yil qamoq yoki 8 mln dollar, zararni qoplash uchun 10 yil davomida ko‘chat ekish va parvarishlash majburiyati. “Gazeta.uz” AQSh, Yevropa va Rossiyada daraxtzorlarni yo‘q qilganlik uchun jazolarni o‘rgandi va ularni O‘zbekistondagilari bilan taqqosladi.
Ekobloger “O‘rikguli” poytaxtdagi daraxtlar “pala-partish” sug‘orilib, suv “isrof qilinayotganini” tanqid qildi. “Gazeta.uz” bunga mas’ul tashkilot bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘i buni tizimda xodim yetishmasligi, qolaversa ko‘plab yangi obyektlar boshqarma balansiga hali beri kiritilmagani bilan izohladi.
Ekobloger “O‘rikguli” daraxtlarga ozor bermaslikka chorlovchi plakatlar suratini tarmoqlarga joyladi. U “Gazeta.uz” bilan suhbatda bundan maqsad ko‘chalarga hadeb archa emas, hududga mos keladigan daraxtlarni ekish, ularning ostini betonlamasdan, tagida ham jon borligini tushuntirish ekani haqida gapirdi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta yirik chinor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib ketildi. Ekoboshqarma holatni o‘rganmoqda. «Daraxtlar qurilish uchun yoqilgani haqidagi taxminlar haqiqatga mos emas», — deya izoh berdi boshqarma.
O‘tgan yili Chilonzor va Yakkasaroyda ro‘y bergan shov shuvli holatlarga qaramasdan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yana o‘nlab daraxtlar ildizi shikastlantirildi. Aybdorlar jarimaga tortildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining asosiy tadbiridan so‘ng, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston yetakchilari Registon maydonida daraxt ekishdi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln tup, qolaversa, Ozarbayjonda 111 ming tup daraxt ekish ko‘zda tutilgan.
Poytaxtning Katta Mirobod mahallasida taxminan 5 ta daraxtni sun’iy ravishda quritish uchun ularning tagiga dizel yoqilg‘isi quyilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu ishni shu yerda qurilish ishlarini olib borayotgan kompaniya qilgan bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 23-sonli maktab hududida noqonuniy ravishda 7 tup qayrag‘och daraxti kesilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlar 2,7 mln so‘m jarimaga tortildi, qolaversa, 592 ming so‘mlik zarar ham qo‘llanildi.
Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinor noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqladi. Daraxt kesilgan joyga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting