Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ko‘p suv talab qiladigan archa va «gazon»ning ko‘payib ketganini tanqid qildi. Davlat rahbari buning o‘rniga «12 oy ko‘m-ko‘k turadigan manzarali butalarni ekish mumkinligi» haqida ta’kidladi. Ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda poytaxtning qaysi ko‘chasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha taqdimot qilish vazifasi belgilandi.
Prezident topshirig‘i bilan har bir hududda “Yashil zamin” jamg‘armalari tashkil etiladi. Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kamida 5 mln tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi. Har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan “yashil maydon” va jamoat parklari tashkil etilishi aytildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, oktyabr-noyabr oylarida 55 mln dona, kelgusi yil bahor mavsumida 70 mln dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 mln dona mevali, yong‘oq manzarali va daraxtlar buta ko‘chatlari ekish topshirig‘i berildi.
Yil boshidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 1300 dan ortiq daraxtlarga reklama o‘rnatish holatlarini aniqlagan. «Reklama to‘g‘risida"gi qonun va hukumat qaroriga muvofiq, daraxtlarga reklama joylashtirish taqiqlanadi.
Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Bizning shaharlarimiz daraxtlarni, yashil istirohat bog‘larini va suv omborlarini yo‘qotib bormoqda. Bu allaqachon hayot sifatiga ta’sir qilishni boshlagan. Bog‘larga ko‘p xarajat ketadi deb yanglish xulosalar paydo bo‘lmokda, zero, istirohat bog‘lari odamlar va shaharning o‘zi uchun juda katta ahamiyatga ega. «Gazeta.uz» kolumnisti Botir Qobilov bog‘larni saqlashni darhol boshlashga va ularni haqiqiy egalariga — odamlarga qaytarishga chaqiradi.
Narxlarning, tariflarning ko‘tarilishi yoki yangi bojlarning joriy qilinishi haqida so‘z borganda, kimdir hazillashib, yana kimdir umidsizlikka tushib: «Balki, havoni ham pullik qilarsizlar?» deb qo‘yadi. Shahar daraxtlarining ahamiyati va ularni kesishni to‘xtatish lozimligini eslata turib, «Gazeta.uz» kolumnisti Botir Qobilov har bir daraxtning qiymati juda yuqori ekanligi va shahar aholisi anchadan buyon nafaqat pul bilan, balki o‘z sog‘liklari bilan ham buning badalini to‘lab kelayotganini ta’kidlamoqda.
Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.
Poytaxt hokimi ajratgan 30 mlrd so‘m nafaqat daraxt ekishga balki, obodonlashtirish ishlariga ham sarflanishi mumkin. Shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ta’kidlashicha, hozirda qanday daraxtlarni qayerga ekish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha mutaxassislar o‘rganishlar olib bormoqda.
Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkentdagi «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi qo‘yib chiqilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting