Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktablarida yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishini ma’lum qildi. 10−11 sinf o‘quvchilari uchun esa qaysi oliygohga kirishiga qarab, tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar ham maktabning o‘zida o‘rgatila boshlanadi.
O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.
Buxoro viloyati hokimligi ota-onalar murojaatiga ko‘ra maktab, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ochilishini 16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq darslar 11-yanvardan boshlab yuborilgandi.
Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda 11 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi koronavirusning omikron shtammi tufayli davlat va xususiy maktablarda o‘qishlar 24 yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Darslar Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting