O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.
So‘nggi haftalarda tarmoqlarda ota-onalar va o‘qituvchilar maktablarda darsliklar yetishmayotgani, shu bois ularni o‘zlari chop etib olayotganini yozmoqda. Darslikni qo‘lga kiritganlar bolalar uchun juda qiyin va javobsiz vazifalarni tanqid qilishyapti. Maktab ta’limi vazirligi esa sukut saqlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» nomli zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezident darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlar merosi ham bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalari uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash, ularni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish, shuningdek, matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanish taqiqlanmoqda.
Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabda darsliklar o‘quvchi va ularning ota-onalariga uloqtirib tarqatilgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘qituvchi hamda maktab direktori ishdan olinganini ma’lum qildi.
XTVga yil oxiriga qadar 3, 6, 7 va 10-sinflar uchun yangi darsliklarni ishlab chiqish topshirilgan edi, biroq jadvaldan ilgarilab ketilgani sababli o‘quvchilar sentabrdanoq ularni qabul qilib olishni boshlaydilar. Shu bilan birga, qog‘oz narxlari oshib ketgani bois hukumatga qo‘shimcha mablag‘ zarur bo‘lmoqda.
USAID Xalq ta’limi vazirligiga ona tili va o‘qish savodxonligi hamda 1−4-sinflar bo‘yicha matematika o‘qituvchilari uchun 500 mingga yaqin yangi darslik va qo‘llanmalar taqdim etdi. Ular Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 919 ta maktabda sinovdan o‘tkazilib, so‘ng barcha maktablarda joriy etiladi.
2022−2023-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkaziladi. Ular USAID va Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Joriy o‘quv yilida xuddi shu hududlarda ingliz tili (1−11-sinflar) va informatika (5−11-sinflar) bo‘yicha yangi darsliklar joriy etilgandi.
Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovning fikricha, o‘quv dasturlari va darsliklarda asosiy e’tibor o‘quvchilarga qoidalar va ma’lumotlarni yodlatishga emas, mustaqil hayotda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilishi kerak. Biroq bunday yondashuv asosida darsliklar yaratish jarayoni har doim ham silliq kechayotgani yo‘q. Bu haqida u «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida gapirib berdi.
Davlat test markazi 2020−2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Maktab ta’limiga yangiliklar kiritish taklif etilmoqda: maktab direktorlarini mahalliy deputatlar kengashi roziligi bilan ishga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, universitetga kirishda o‘quvchining maktab davridagi o‘rtacha baholarini hisobga olish fikri ilgari surilmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan o‘zgarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tahlil qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting