Prezident Andijondagi mahallalarni meva-sabzavot, chorvachilik, hunarmandchilik, kasanachilik, sanoat, savdo va xizmatga chuqur ixtisoslashtirish bo‘yicha dastur amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun 850 mlrd so‘m kredit resurslari va 50 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi.
O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023−2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Unda ishtirok etadigan tadbirkorlarga alohida imtiyozlar beriladi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov saylovoldi dasturlaridagi o‘xshash jihatlarni «imkoniyat» deb atab, «Adolat» partiyasi bilan prezidentlik saylovlarida har ikki partiyadan yagona nomzod ko‘rsatish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Avvalroq, «Adolat» Alisher Qodirovni saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblagan edi.
Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.
USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
Hukumat 2020−2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha ikki bosqichli dastur qabul qildi. Birinchi bosqichda e’tibor iqtisodiyotning o‘zini barqarorlashtirishga, ikkinchi bosqichda ― uning o‘sishini ta’minlashga qaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting