Paynet kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi — Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib oldi. Kompaniya 3 nafar talabgordan eng yuqori narx — 65 mln dollar taklif qilgan.
Davaktiv International mehmonxonasi xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Uni 26 mln dollar evaziga Smart Fast Stroy qurilish kompaniyasi sotib oldi.
2025-yil O‘zbekistonda barcha sohalarga xususiy sektorni jalb qilish yili bo‘ladi, dedi Davaktiv rahbari Akmalxon Ortiqov prezidentga tayanib. Unga ko‘ra, davlat rahbari vazirlarning raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.
2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.
Prezidentga 2024-yilgi xususiylashtirishning yangi dasturi taqdim etildi. Unda 250 ga yaqin obyektning davlat ulushlari, mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari va 12 ta korxonaning ommaviy savdolarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Sotilmay qolgan yer uchastkalarining narxi bosqichma-bosqich pasaytiriladi.
Davlaktiv Toshkentdagi 3,2 gektar maydondagi sobiq avtobazani 105 milliard so‘mga sotdi. Tender g‘olibi Evro Tires Universal bo‘ldi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z balansiga O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2 foiz aksiyasini oldi. O‘tgan yillarda kompaniyani qisman xususiylashtirish rejalari haqida xabar berilgan edi.
Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.
Humo to‘lov tizimining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi xususiylashtirish bilan bog‘liq emas, deya ma’lum qildi agentlik. Ta’kidlanishicha, Markaziy bank balansida banklararo protsessing markazining mavjudligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin.
Shisha qadoqlari, listlar va bankalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Kvars» AJdagi qariyb 90 foiz aksiyalar paketi 265 mlrd so‘mga «Quvasoysement» AJga sotildi.
Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri davlat loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zGASHKLITI) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi sotildi. Savdo g‘olibi SG ENGINEERING AND DEVELOPMENT MCHJ bo‘ldi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzbekistan Airways`ning 18 ta samolyot va 1 ta simulyatorini sotish uchun konsalting kompaniya tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qildi. Aktivlar 6 ta lotga bo‘lingan tartibda sotuvga chiqariladi.
2021 yildagi moliyaviy hisobotlar tahliliga ko‘ra, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p sof foyda (10 639,8 mlrd so‘m) olgan va eng ko‘p dividend (9,5 trln so‘m) to‘lagan korxona deb topildi. «O‘ztransgaz» esa eng ko‘p zarar (2,5 trln so‘m) ko‘rgan tashkilot bo‘ldi. Davlat ishtirokidagi 20 ta zarar ko‘rib ishlagan tashkilotlar orasida ikkita futbol jamoasi ham bor.
Joriyning yilning besh oyi mobaynida auksion orqali boshlang‘ich narxi 422,8 mlrd so‘m bo‘lgan 11 918 ta mulk 570,6 mlrd so‘mga sotildi. Ushbu mulk egalariga 3,4 trln so‘m investitsiya kiritish majburiyati ham yuklatilgan.
«O‘ztransgaz» 2020 yilda 3,5 trln so‘mlik zarar bilan yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Coca-Cola korxonasining xususiylashtirilishi bo‘yicha Davaktiv munosabatiga javob berdi va jarayonning davom ettirilishiga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.
Davaktiv Antikorrupsiya agentligining «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ni xususiylashtirish bo‘yicha tenderni to‘xtatishni so‘rab kiritgan taqdimnomasiga munosabat bildirdi. Davaktiv Antikorrupsion agentlik va jamoatchilik bilan xususiylashtirishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
1 sentyabrdan boshlab barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi. Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” tizimida bir qator yangi tartiblar joriy etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting