2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi 255,2 trln so‘mni ($26 mlrd) tashkil etdi, iqtisodiy o‘sish esa 0,2% gacha pasaygan. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 1,8 foizga tushib, 7,4 million so‘mga (766 dollar) teng bo‘ldi.
Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.
2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga pasaydi. Jumladan, eksport — 22,6 foizga, import — 15 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda deyarli 38 ming ta «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga o‘sgan. Iyun oyining o‘zida 7557 ta «Cobalt» ishlab chiqarilgan.
Markaziy bank statistika va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting