Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligidan ketganidan so‘ng unga daxlsizlik huquqini beruvchi kengash deputati va senatorlik lavozimlarini saqlab qolmoqda. Xususan, u Senat va Kengashning roziligisiz javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani «Agrobank» boshqarma boshlig‘ining arizasi tufayli daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida tasvirga olingan va deputatning erkak kishi bilan to‘shakdagi holati aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Feruza Babasheva viloyat IIBB xodimlarini tahdid qilish va bosim uyushtirishda aybladi. Jamoatchilik deputatni himoya qilib chiqdi. XDP shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting