Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.
O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.
Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.
«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.
Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting