Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiyalash bo‘yicha qonunni imzoladi. Bitim ikki davlat prezidentlari tomonidan 2022 yilning dekabrida Toshkentda imzolangan. Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003 yildan beri davom etib kelayotgandi.
Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.
O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.
Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.
«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.
Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting