O‘zbekistonda deputatlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
Endilikda O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan diniy mazmundagi materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamg‘alanadi. Shuningdek, sayt va fuqarolar tomonidan xorijda tayyorlangan diniy materiallarni ijobiy xulosa olmasdan tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Azon.uz nashri rahbariyati saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi maqolalar uchun jarimaga tortildi. Shuningdek, sud saytdagi ba’zi xorijiy xabarlarni «O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatini buzishi mumkin» deb topgan. Azon.uz bosh muharriri «Gazeta.uz»ga ushbu sud jarayonini «jurnalistik faoliyatga tajovuz» deya ta’rifladi. Uning aytishicha, Diniy qo‘mita tahririyatga diniy materiallarni mustaqil chiqarish uchun og‘zaki ruxsat bergan bo‘lgan. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.
Saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi materiallar uchun Kun.uz asoschilaridan biri va rahbari 12,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, ota-onalarga farzandlariga uy sharoitida din asoslarini o‘qitishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilinadi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasida (yangi tahriri) asosiy tushunchalarga izoh berilgan, shuningdek, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari o‘zgartirilgan va rad etish uchun asoslar ko‘rsatib berilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting