Ukrainaning Donetsk viloyati Konstantinovka shahridagi bozor artilleriya yordamida o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlaridagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR hamda Zaporoje va Xerson viloyatlarida RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar natijalari sarhisob qilina boshlandi.
Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.
Ukrainaning Kramatorsk temir yo‘l vokzaliga tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinishini kutayotgan vaqtda raketa hujumi uyushtirildi. 30 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam yaralandi. DXR zarbani Ukraina xavfsizlik kuchlari amalga oshirganini aytmoqda.
Jo Baydening Rossiya Ukrainaga hujum qilmasa, Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lgani, Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazilgani, Ozarbayjon Armanistonning sobiq prezidentlari Kocharyan va Sargsyanga qidiruv e’lon qilgani, DXR va LXR Rossiyadan respublikalarning mustaqilligini tan olishini so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
DXR hukumatining aholini Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgani, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining badavlat muhojirlar uchun «oltin viza» dasturini to‘xtatgani, Kanadada politsiya namoyishchilarni hibsga olishni boshlagani, Bitkoin narxining 40 ming dollardan pastlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting