Deputat Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirib, 2 yil avval Farg‘onadagi shunga o‘xshash holatni yodga oldi. O‘shanda Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlari 1 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi aytilgan. «Narxini eshitib, hokim haydavorgandi», — dedi u.
Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Deputat Doniyor G‘aniyev Andijon va Jizzax viloyatlarida davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» aslida yangilik emasligi, bu ikki holat «aysberg»ning uchi ekanligi hamda qonunchilikda davlat xaridlari sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlik yo‘qligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting