O‘zbekistonda donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Tegishli qonunni Senat ma’qulladi.
2023 yildan «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga 4,5 mln so‘m to‘lanadi. Ular jamoat transportidan bepul foydalanadi, sanatoriylarga navbatsiz yo‘llanma oladi. Yiliga 3 marta qon topshirganlar va ularning qarindoshlariga zarur bo‘lganda, qon bepul beriladi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNISEFdan 2150 ta kompyuter qabul qilib oldi, bu mamlakatning samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini joriy etish imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting