2025-yil aprelidan O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi. QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantirib boriladi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov moddiy manfaat evaziga bemorlarga kerak bo‘lmagan dori yozish holatlarini tanqid qildi. U viloyat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va standartni chetlab o‘tib retsept yozib bergan xodimlarni ishdan olish haqida ko‘rsatma berdi.
Respublikada 19 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etgandi. Hozirda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat «Dok-1 Maks» emas, balki «Sinepar Kid», «Ambronol» kabi dorilarni ham qabul qilgan.
O‘zbekistonda tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun zarur dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud, qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo‘q, amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasi ishlamaydi. Shu va boshqa 50 ga yaqin muammoga yechim topilmagani prezident ishtirokidagi yig‘ilishda tanqid qilindi.
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida ko‘pchilik dorixonalarda COVID-19 bilan davolanish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tanqisligi va narxlarning oshirilishi kuzatilmoqda. Bu borada 3000 dan ortiq dorixona xodimlari rasmiy ogohlantirilgan. Dorixonalarda hattoki dori vositalarini tovar chekisiz sotish holatlari ham kuzatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting