O‘zbekistonda endi transport vositasini keskin boshqarish, ya’ni drift qilish va “shaxmat” shaklida harakatlanish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bundan tashqari, transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.
Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U tartibga chaqirishga uringan xodimlarning talablariga ham bo‘ysunmagan.
Toshkentning Bektemir tumanidagi «Shonazar» mahallasidan drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratiladi. Kengash avtopoyga ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi, avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting