1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, hozirda an’anaviy shaklda taqdim etilayotgan 200 ta davlat xizmati DXMlar hamda YAIDXP orqali ko‘rsatila boshlaydi. Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash proaktiv tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hukumat qarori bilan davlat xizmatlari markazlari orqali statistik ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Biroq tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan sir mavjud ma’lumotlar berilmaydi. Har bir ma’lumot uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Hukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.
Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati tugayotgani munosabati bilan DXMlarga kuniga 700 nafargacha fuqaro murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, endi poytaxtning 10 ta tumanidagi DXMlar yangi guvohnomani berish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha faoliyat ko‘rsatadi.
Hukumat qarori bilan IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi, uning o‘rniga topilmalarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar DXM tomonidan ko‘rsatiladi. Topilmalar 6 oygacha saqlanadi, agar bu vaqt ichida egasi aniqlanmasa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi va auksionda sotib yuboriladi.
«Gazeta.uz»ning Toshkentdagi DXMlar xodimlari 10 oy yarim stavka oylik bilan ishlagani haqida xabariga munosabat bildirildi. Davlat xizmatlari agentligi xodimlar mehnatiga to‘liq haq olganini qayd etdi. Ularning nima sababdan va aynan qachondan yarim stavkaga o‘tkazilgani haqidagi masala esa ochiq qolmoqda.
DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting