Toshkent shahrida norasmiy diniy darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelgan 17 nafar fuqaro aniqlandi. Ular diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzishda ayblanmoqda.
22-fevral kuni O‘FA prezidenti lavozimi uchun navbatdan tashqari saylov bo‘lib o‘tadi. Assotsiatsiya a’zolari DXX sobiq rahbari Abdusalom Azizovdan bo‘shab qolgan lavozimga xizmatning amaldagi raisi Bahodir Qurbonov nomzodini ilgari surdi.
Farg‘onada Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
“Ayritom” chegara bojxona postidagi yuk avtomobilida 2986 dona supurgi dastagi ichidan 612 kg “gashish” giyohvandlik vositasi topildi. Mashina O‘zbekistonga tranzit o‘tish uchun kirib kelgan. Giyohvandlik vositasining qora bozordagi narxi taxminan 16,5 mln dollarga baholanmoqda.
Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisining mashinasidan 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topildi. Tezkor tadbirda dorilarni unga sotgan 27 yoshli fuqaro ham qo‘lga olindi.
Qo‘qon shahrida yashirin sexda qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd bo‘lgan dori va qadoqlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.
O‘zbekistonda DXX va IIV tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari davomida 112 kg giyohvandlik vositalari va 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Tadbirda 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
O‘zbekistonda Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha 32 kishi ushlandi. Jinoiy guruh koll-markazlar ko‘rinishida rossiyaliklarga sifatsiz BADlar uchun kompensatsiya va’da qilgan. “To‘lovni olish” uchun jabrlanuvchilar firibgarlarning hisobraqamiga “soliq” ko‘rinishidagi mablag‘ni o‘tkazib bergan.
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.
Yanvar oxirida DXX va IIV keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi. 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, qidiruvdagi 109 kishi ushlandi. 80 ta qurol, +30 kg narkotik, pichoqlar, bitalar va boshqa buyumlar olib qo‘yildi.
Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Suriyadagi vaziyat haqida videolar e’lon qilib borayotgan, xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo Xudoyor Nuriddinovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qildi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va DXX xodimlari tomonidan ISHID terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar aniqlandi.
Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ixtiyoriga o‘tkazildi.
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olindi. U 2019-yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.
DXX Olmaliq shahrida “Toshkent viloyati suv ta’minoti"ning ikki nafar mutaxassisini 1600 dollar pora bilan qo‘lga oldi. Ular shifoxonaga qo‘llangan dalolatnoma va hisob-kitob qilingan zararni bartaraf qilib berishni va’da qilgan.
DXX “Toshkent-Boysun” avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha shartnomani olib berishda yordam berish uchun 50 ming dollar talab qilgan kompaniya rahbarini qo‘lga oldi. Qiymati 500 ming dollar bo‘lgan tenderda dastlab xorijiy kompaniya g‘olib chiqqan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting