Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.
E-auksion platformasida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosi sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida “ekobozor” qurishi kerak.
Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.
Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” ma’muriy binolari elektron auksionda Black Gold Industry kompaniyasi tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olindi. “Aloqabank” auksiondan bir kun avval ushbu kompaniyaga 15 yil muddatga 14 foiz stavkada 390 mlrd so‘m kredit bergan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting