EastFruit portali tahlilchilari sabzavot va mevalar eksportiga minimal narxlar joriy etilishi O‘zbekiston eksportiga zarar yetkazadi, deb hisoblamoqda. SSP rahbari buni tadbirkorlar eksport narxlarini pasaytirish orqali daromadlarini yashirishga urinayotgani bilan izohlagandi.
Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga kirib keladigan sovuq havo oqimi piyoz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.
EastFruit portaliga ko‘ra, 2023-yil aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga 37,9 ming tonna banan import qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga, 2021-yilning shu davriga nisbatan esa 2,8 barobarga ko‘proq. May oyidan boshlab banan narxi oldingi yillarga nisbatan eng past darajaga tushgan.
Ichki bozorga yetkazib berish hajmi keskin oshgani sababli O‘zbekistonda yangi piyoz narxi 2 baravarga pasaydi, bu 2022-yilgi narxlar bilan teng degani. O‘tgan yilgi hosil piyozi narxi esa 17 foizga tushgan, lekin bir yil oldingi narxdan 1,5 marta yuqori, deb yozmoqda EastFruit portali.
O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting