Qashqadaryo viloyatida yashovchi 29 yoshli ayol Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Go‘daklarning ahvoli yaxshi, ular nazorat ostida, deyiladi xabarda.
Yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonda 18230 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1408 nafarga ko‘pdir.
Samarqandda 32 yoshli ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti bilan bajarilgan tug‘ruq jarayonidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ona va bolalarni nazoratga oldi.
2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq, shundan 13 holatda egizaklar dunyoga keldi. Chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ilgan. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting