«ekologiya vazirligi» tegli maqolalar


Qashqadaryoda 17 tup archaga shikast yetkazilgani aniqlandi
22 avgust 2023, 15:45

Qashqadaryoda 17 tup archaga shikast yetkazilgani aniqlandi

Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 27 dona gulbaliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
9 avgust 2023, 12:35

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 27 dona gulbaliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Shahrisabz tumanidagi Tanxozdaryo irmog‘ida Qizil kitobga kiritilgan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi.

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida
28 iyul 2023, 11:48

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida

Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi
27 iyul 2023, 12:24

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.

Jasur Salixov Toshkentdagi Green University rektori bo‘ldi
25 iyul 2023, 16:03

Jasur Salixov Toshkentdagi Green University rektori bo‘ldi

Jasur Salixov yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga rektor etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi
20 iyul 2023, 19:51

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi
20 iyul 2023, 14:58

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovladi. Tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetgan. Hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar tuzog‘iga tushgan ikki bug‘u halok bo‘ldi
19 iyul 2023, 10:21

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar tuzog‘iga tushgan ikki bug‘u halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.

Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxirigacha ishga tushadi
18 iyul 2023, 20:54

Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxirigacha ishga tushadi

Prezidentning 2019-yildagi topshirig‘i bo‘yicha qurilishi belgilangan Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxiriga qadar ishga tushadi. 30 gektardan iborat maydonda metan gaz yig‘uvchi quvurlar va chiqindi suyuqliklarini tortuvchi nasoslar bo‘lishi hisobiga yerga zarar yetmasligi va’da qilinmoqda.

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi
16 iyul 2023, 13:13

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi

Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryolik fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlayotgani aniqlandi
13 iyul 2023, 19:37

Qashqadaryolik fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlayotgani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Poytaxt va Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlashga qarshi 25 ta kamera o‘rnatildi
10 iyul 2023, 19:53

Poytaxt va Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlashga qarshi 25 ta kamera o‘rnatildi

Ekologiya vazirligi poytaxt va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindixonalarga 25 ta kamera o‘rnatdi. Yana 200 tasi o‘rnatilmoqda, keyin esa ular butun mamlakatni qamrab oladi (jami 1000 ga yaqin kameralar bo‘ladi). Vazirlik maishiy va qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlaganlik uchun jarimalarni eslatdi.

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurdi
21 iyun 2023, 23:32

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurdi

Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab marafon masofasini 4 soatu 9 daqiqada bosib o‘tdi. Bunday yugurish birinchi marta bo‘lib o‘tdi. “Orol dengizi ekologik fojiasining halokatli ko‘lamini chinakam his qilish uchun bu yerga tashrif buyurish kerak”, — dedi u.

Qashqadaryoda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh echkemarni o‘ldirgani aniqlandi
16 iyun 2023, 18:02

Qashqadaryoda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh echkemarni o‘ldirgani aniqlandi

Kasbi tumanida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh bo‘z echkemarni o‘ldirib, terisini shilib olgani aniqlandi. Bundan tashqari, uning uyida bo‘lgan yana 20 bosh jonivor Muborak tumanidagi cho‘lga qo‘yib yuborildi.

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi
15 iyun 2023, 17:19

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi

Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.

Birga yurgan noyob morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylari (video)
12 iyun 2023, 17:10

Birga yurgan noyob morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylari (video)

Ekologiya vazirligi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylarining birgalikda yurgan kadrlarini e’lon qildi.

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
11 iyun 2023, 11:00

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Obidjon Qudratov qayta nomlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariga birinchi o‘rinbosar, Jusipbek Kazbekov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi
10 iyun 2023, 17:00

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Aziz Abduhakimov nomzodini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Surxondaryodagi uylarning birida noyob turdagi kiyiklar topildi
9 iyun 2023, 17:58

Surxondaryodagi uylarning birida noyob turdagi kiyiklar topildi

Uzun tumanida fuqaro xonadonida noyob turdagi kiyik va uning bolasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga topshirilib, ularning hududga qanday kelib qolgani o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi
4 iyun 2023, 12:56

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi

2024-yil 1-martdan O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Ularda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, elektrobus harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi va savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting